
Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 5-turidan o‘rin olgan «Atletiko» – «Monako» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Vanda Metropolitano»da kechgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga ikritishdi.
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq madridliklar hiosbni ochishdi: Kokening zarbasidan so‘ng to‘p Benua Badyashilga tekkan holda maonakoliklar darvozasidan joy oldi.
24-daqiqada Antuan Grizmann Anxel Korreaning uzatmasidan so‘ng qulay vaziyatga chiqib bordi va jamoasining ikkinchi golini urdi.
O‘yin yakunlanishi arafasida mehmonlarda qulay imkoniyat yuzaga keldi. 82-daqiqa Stefan Savich o‘z jarima maydonida qo‘li bilan o‘ynadi va ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Biroq belgilangan penaltini Radamel Falkao aniq amalga oshira bilmadi. Qolgan vaqt davomidaham hisobo‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa, ushbu g‘alabadan so‘ng «Atletiko» pley-off masalasini muddatidan avval xal qilib qo‘ydi. «Monako» esa guruhda qolib ketdi.
Parallel kechgan o‘yinda Moskvaning «Lokomotiv» klubi o‘zida «Galatasaray»ni qabul qildi. Unda ruslar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa, ushbu o‘yindan so‘ng D guruhi peshqadamlari «Portu» va «Shalke» muddatidan avval pley-off masalasini hal qilib qo‘yishdi.
YeChL, 5-tur
Atletiko Ispaniya – Monako Monako 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 2 Koke, 2:0 – 24 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Aryas, Lyuka Ernandes, Filipe Luis, Savich, Parti, Lemar (Kalinich, 63), Koke (Vitolo, 46), Rodri Ernandes, Korrea (Saul, 69), Grizmann.
Monako – Benalo, Radji, Byankone, Badiashile, Jemerson, Tilemans, Golovin (Tyuram-Ulen, 63), Silla (Falkao, 55), Massango, Gransir, Shadli (Diop, 63).
Ogohlantirishlar: Grizmann (45), Tilemans (54), Savich (62), Byankone (68), Parti (86), Filipe Luis (90).
Chetlatish: Savich (82).
Lokomotiv Rossiya – Galatasaray Turkiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 43 Krixovyak, 2:0 – 54 Ignatev.
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Chorluka, Kverkveliya, Rыbus, An. Miranchuk, Krixovyak, Denisov, Al. Miranchuk (Barinov, 77), Smolov (Eder, 88), Farfan (Rotenberg, 90).
Galatasaray – Muslera, Kabak, Nagatomo, Linnes (Mariano, 89), Aziz, Fernando (Feguli, 59), Donk, Rodrigesh, Ndiaye (Inan, 68), O‘nekuru, Derdiyok.
Ogohlantirishlar: Aziz (34), Chorluka (66), Farfan (74).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar