19:21 / 29.11.2018
2 951

AGMK o‘zida «Qizilqum»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

AGMK o‘zida «Qizilqum»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Superliganing 31-turida AGMK klubi o‘z maydonida «Qizilqum» futbolchilarini qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. Ilk gol birinchi bo‘limning hakam tarafidan qo‘shib berilgan vaqtda penaltidan kiritildi.

Jokich 11-metrlik nuqtadan adashmadi. Ikkinchi bo‘limda ham AGMK shiddatli hujumlarini davom ettirib hisobni oshirishga erishdi. Zahiradan maydonga tushgan Shoxnazar Norbekov 73-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Jokich o‘yinning oxirlarida dubl qayd etib hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa AGMK 10-pog‘onani, «Qizilqum» 8-o‘rinni egallab chempionatni yakunladi

Superliga, 31-tur

AGMK – “Qizilqum” 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 45 penalti, Jokich, 2:0 – 73 Norbekov 3:0 – 87 Jokich.
AGMK: Xodjayev, Xojiakbarov, Isroilov, Polvonov (Haydar G‘ulomov, 84), Hasanov, To‘rayev, Pirimov (Hasanov, 80), Bubanya, Kasminin, Jokich, Qilichev (Norbekov, 73).
"Qizilqum": Cheremisin, Boydullayev (Qosimov, 78), Kvesiyeshvili, Rustamov, Sanoyev (Abdualimov, 82), Gevorkyan, Ubaydullayev, Jo‘rayev, Boymatov, Yovanovich (Usmonov, 52), Mustafoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK o‘zida «Qizilqum»ni yirik hisobda mag‘lub etdi