
Joriy mavsum Superligada bronza medallarini qo‘lga kiritgan Namanganning “Navbahor” klubi o‘zining rossiyalik himoyachisi Igor Golban bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Ta’kidlash kerakki, "Navbahor" bundan avvalroq joriy mavsumda o‘zini ko‘rsatgan Mirzohid G‘ofurov va Jahongir Mehmonov bilan ham kelishuvni uzaytirgani haqida xabar bergan edik.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 28 yoshli futbolchi kelgusi mavsumni ham “lochinlar” safida o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Golban joriy mavsum Superligada jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4 ta gol kiritishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Igor Golban “Navbahor” safiga yozda Qarshining “Nasaf” klubidan ko‘chib o‘tgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar