Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov «Arsenal» a’zosi Mesut O‘zil bilan munosabati haqida gapirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Lyov sentyabr oyi oxirida «to‘pchilar» bazasiga borgan, ammo O‘zil bilan ko‘risha olmay qaytgandi.
«Men «Arsenal» bazasiga borganimda Mesut mashg‘ulotda yo‘q edi. U hozir biz bilan muloqot qilishni istamayotganini tushunishimiz kerak. Buning sababini men bilmayman.
Bir narsadan juda xafsalam pir bo‘ldi: u o‘z qarori haqida meni shaxsan xabardor qilgani yo‘q. O‘zildan hech qanday xat-xabar olmadim.
Hammasi boshqacha bo‘lishini istagan bo‘lardim, ammo nailoj», - degan Lyovning so‘zlarini keltirdi ZDF.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 boshlanishidan oldin O‘zil Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an bilan uchrashib, suratga tushgan va bu Germaniyada katta shov-shuv keltirib chiqargan edi. Xususan, Germaniya futbol uyushmasi rahbariyati va mamlakatning qator ommaviy axborot vositalari bu holatga salbiy munosabatda bo‘lishdi. Mundialdagi muvaffaqiyatlikdan so‘ng O‘zil unga o‘z yurtida irqchilik kayfiyatida munosabat bildirilayotgani sababli terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi