
12-22 dekabr kunlari BAA mezbonligida o‘tkaziladigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
Abu Dabi va Al Ayn shaharlarida o‘tkaziladigan turnirda mezbon jamoa "Al Ayn"dan tashqari, Osiyodan "Kashima Antlers", Yevropadan "Real Madrid", Afrikadan "Esperans", Okeaniya mintaqasidan "Vellington", Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqasidan "Gvadalaxara" va Janubiy Amerikadan "River Pleyt" jamoalari ishtirok etadi.
Turnirning dastlabki uchrashuvi 12 dekabr kuni Al Aynda o‘tkaziladi. Ushbu bahsda "Al Ayn" Okeaniya vakili "Vellington"ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar