«Real» prezidenti Florentino Peres kecha Rojdestvo arafasida ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bayram tushligi uyushtirdi va unda nutq so‘zladi.
Peres o‘z tabrigida klubning so‘nggi uch mavsumdan buyon ketma-ket ravishda YeChLda g‘olib chiqayotgani, oxirgi 5 yil ichida esa 4 marta bosh sovrinni qo‘lga kiritganiga alohida urg‘u bergan. U, shuningdek, jamoa a’zosi Luka Modrich «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritganiga to‘xtalib o‘tgan.
Qolaversa, 71 yoshli rahbar shu yil «Real» o‘z tarixida ilk marta ham futbol, ham basketbol bo‘yicha Yevropada tengsiz klub bo‘lganini qayd etib o‘tdi.
«Klubimiz Ispaniyada [futbol jamoalari ichida] birinchi bo‘lib mamlakat miqyosida bepul ko‘rish mumkin bo‘lgan va HD sifatga ega televizion kanal faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Realmadrid.com – futbol klublari orasida jahonda eng ko‘p tashrifchiga ega rasmiy sayt bo‘lib turibdi», - deb aytdi Peres.
Klub prezidentining qo‘shimcha qilishicha, «Real»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatuvchilar soni 312 mln nafardan oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”