
Yarim himoyachi Ikrom Aliboyev "Seul" klubiga o‘tdi.
Ikrom Aliboyev 2013 yilda "Lokomotiv"dagi debyut o‘yinini o‘tkazgandi. Shundan buyon u o‘tgan 6 mavsum davomida 97 o‘yinda jamoamiz sharafini himoya qildi va unda 11 gol kiritdi.
"Jakarta-2018" Osiyo o‘yinlarida o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan O‘zbekiston termasining muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shgan Ikrom "Seul" klubi va koreyalik muxlislarning nazariga tushdi.
Yosh va g‘ayratli futbolchi 2019 yilning 1 yanvarida e’tiboran yangi jamoasi sharafini himoya qiladi.
- Shu fursatdan foydalanib, Ikrom Aliboyevning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz, - deyiladi klub rasmiy saytida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar