Xabaringiz bor, ertaga Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaga yo‘l oladi.
Bugun terma jamoa futbolchilari mazkur yig‘in oldidan tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi. Tibbiy tekshiruv qanday o‘tgani va uning yakunlari haqida milliy terma jamoa bosh shifokori Abror Pirriyev gapirib berdi.
"Turkiya yig‘ini Osiyo Kubogi oldidan so‘nggi yig‘in. Futbolchilar 29 dekabr kuni yig‘inni tugatib, keyin oradan uch kun o‘tgandan keyin Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi. Shu sababli katta musobaqa oldidan futbolchilarning jismoniy holati haqida xulosaga ega bo‘lish uchun tibbiy ko‘rik tashkil qildik.
Aytish kerakki, terma jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning holati yaxshi. Bu borada muammolar yo‘q. Bugungi tekshiruvlar natijasiga qarab har bir futbolchining imkoniyatlari haqida alohida xulosa qilamiz. Keyin mazkur xulosadan kelib chiqib, ushbu futbolchiga mashg‘ulotlar davomida qanday yuklamalar berish bo‘yicha murabbiylar shtabi qaror qabul qiladi.
Shuningdek, bugungi tibbiy tekshiruvlarning muhimligi yana shundaki, tekshiruvlar natijasiga qarab qaysi futbolchiga musobaqa oldidan qanday yondoshish bo‘yicha o‘zimiz uchun ma’loumotga ega bo‘ldik. Ana shu ma’lumotlar asosida yig‘in davomida futbolchilarni Osiyo Kubogiga tayyorlab boramiz. Ularga qanday vitaminlarni qaysi miqdorda berish, mashg‘ulotlardan keyin tiklanish jarayonini qanday o‘tkazish bo‘yicha ham o‘zimiz uchun aniq reja tuzib olamiz", - deb Abror Pirriyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi O‘FA rasmiy sayti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi