14 dekabr oqshomida oʻzbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini oʻtkazdi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Mazkur jangda Ergashevga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang oʻtkazishi belgilangandi. Ammo jangga bir kun qolganda Shohjahonning raqibi oʻzgargandi.
Jangning 1-raundi 3-soniyasida Shohjahon raqibini nokdaunga uchratdi. 18-soniyada esa Gaston Ruiz nokautga uchradi. Shu tariqa Ergashev gʻalaba qozondi.
Maʼlumot uchun, Shohjahon Ruiz bilan jangacha professional ringda 15 marotaba jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongandi. Bahslarning 14 tasida(bugungisi bilan 15 ta) u raqiblarini muddatidan oldin magʻlub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga koʻtarilgan va ularning 32 tasiga gʻalaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba (bugungisi bilan 18 ta endi) imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi