
Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Ernan Krespo «Banfild»klubini boshqaradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar beradi.
Argentina klubi prezidenti Oskar Tukerning aytishicha, «Chelsi», «Milan» va «Inter» jamoalarining 43 yoshli sobiq o‘yinchisi bo‘lgan Ernan Krespo bilan kelishuvga erishilgan.
Krespo bungacha «Parma» direktori lavozimida ishlagan. Bundan tashqari «Parma» klubida yoshlar jamoasini ham boshqargan.
Shuningdek, B Seriyada «Modena»ni boshqargan. Uning klubdagi faoliyati 11 ta g‘alaba va 5 ta durang, 19 mag‘lubiyatdan so‘ng nihoyasiga yetgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar