
“Inter” vitse-prezidenti Zanetti Yevropa Ligasi uchun oʻtkazilgan qurʼa natijalari haqida fikr bildirib oʻtdi.
YEL. 1/16 finalda “Inter” Avstriyaning “Rapid” klubi bilan bellashadi.
“Hammasi yaxshi oʻtdi. Ammo, Yevropa Ligasida oson oʻyinlar boʻlmasligini bilamiz. Qurʼaning afzalligi shundaki, raqibimizga qarshi payshanba kuni oʻtkaziladigan oʻyinga borish uchun uzoq parvoz qilmaymiz. YECHLdan chiqib ketganimiz dilimizni xira qildi. Lekin, hozir eʼtiborimizni YELga qaratishimiz kerak. Bu nufuzli musobaqa sanaladi”.
“Turnirda kuchli jamoalar koʻp. Ushbu musobaqadagi muvaffaqiyat klubning obroʻsini yanada oshirib yuboradi. Eng yaxshi oʻyinimizni koʻrsatib, finalga qadar yetib borishimizga umid qilaman. Turnir qahramoni boʻlishimiz mumkin, bizga sovrin yutish muhim”, – dedi Xavyer Zanetti.
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar