"Lokomotiv" serbiyalik hujumchi Filipp Rayevatsni o‘z safiga qo‘shib oldi

"Lokomotiv" serbiyalik hujumchi Filipp Rayevatsni o‘z safiga qo‘shib oldi
Serbiyalik hujumchi Filipp Rayevats yangi mavsumni Toshkentning "Lokomotiv" klubida boshlaydi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Rayevats erkin agent maqomida "Bunyodkor"dan "Lokomotiv" safiga kelib qo‘shilgan.

26 yoshli Rayevats uchun bu O‘zbekistondagi uchinchi jamoa bo‘ladi. "Bunyodkor"ga qadar u "Qo‘qon-1912" jamoasi sharafini himoya qilgandi. Qo‘qonda 26 o‘yinda 7 gol kiritgan bo‘lsa, Bunyodkor safida 10 ta o‘yinda 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar