06:30 / 20.12.2018
3 091

«Kamtarligingga ham jin ursin!». Kevin Li Habib Nurmagomedovga javob qaytardi

«Kamtarligingga ham jin ursin!». Kevin Li Habib Nurmagomedovga javob qaytardi
UFC’ning yengil vaznli jangchisi Kevin Li Fox 31 musobaqasida El Yakvintadan qabul qilib olgan mag‘lubiyatiga izoh berdi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

«Men Yakvinta bilan bo‘lgan jangda g‘olib bo‘ldim, deb o‘ylayman. Juda ko‘p chap tomonda ikkinchi raqamda ishladim va o‘zimga yangi bo‘lgan uslubda — tajovuzkor bo‘lmadim, hujumga o‘tmadim va shiddat bilan jang qilmadim. Qandaydir yangicha uslubni ko‘rsatishni xohladim. El yaxshi harakat qildi, to‘rtinchi raundda yaxshigina zarbasiga tutildim. Nima deyishim mumkin: Qaytib kelaman va albatta, chempion bo‘laman. Men irqchilik, tizim, qashshoqlik va yutqazishimni istagan barchani dog‘da qoldirdim. Kamtarligingga ham jin ursin!» — deydi Kevin.

16 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan musobaqadan so‘ng, Habib Nurmagomedov o‘zining Twitter’dagi sahifasida shunday yozgandi: «Kamtar bo‘l, Kevin Li. Kamtarlik — bu muvaffaqiyatning kaliti». Qayd etish joiz, avvalroq Li Habibni bir necha bor jangga chaqirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Kamtarligingga ham jin ursin!». Kevin Li Habib Nurmagomedovga javob qaytardi