
Xabaringiz bor yana sanoqli kunlardan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi Osiyo kubogi start oladi. Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri Oleg Zoteyev qit’a birinchiligida jamoamizning finalga qadar yetib bora olishini aytdi.
"Bizning maqsadlarimiz katta. Osiyo Kubogida kamida finalga bora olishimizga ishonaman. Muxlislarimiz ham bizdan ko‘p narsalarni kutayotganini bilamiz. Ular milliy terma jamoamizning muvaffaqiyatlarini sog‘inib qolishgan. Biz hammasini tushunib turibmiz. Shuning uchun bu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Osiyo Kubogida boshqacha terma jamoani ko‘rasizlar. Bosh murabbiyning qo‘llayotgan uslublari albatta ish beradi. Qolaversa, Ektor Kuper ajoyib muhitni ham yarata olgan. Ishqibozlarimizdan esa sabr qilishlarini istagan bo‘lardim. BAA maydonlarida muvaffaqiyat qozonishimiz uchun bizda hamma imkoniyat bor", - deydi iqtidorli futbolchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar