Foto:«The Independent»
Milliarder Alisher Usmonov «Forbes Rossiya»ga bergan intervsida Londonning «Arsenal» klubi aksiyalarining sotib yuborilishi, «Paxtakor»ning aksioneri bo‘lishdan maqsadi xususida to‘xtaldi.
«Paxtakor»ning aksioneri bo‘lishdan maqsad nima? U hech qachon «Arsenal»dek milliardlar keltirmaydi-ku» degan savolga Usmonov quyidagicha javob bergan:
«Arsenal» bundan ham ko‘proq yoki kamroq turishi mumkin. «Arsenal» o‘sish imkoniyatiga ega. Xuddi «Paxtakor»dek. Osiyo mintaqasi Afrika kabi futbol maydonlarida o‘z pozitsiyasini kuchaytiradi. Hozircha futbol - bu Lotin Amerikasi va Yevropa. Ammo JChda yuqori darajalarga erishishi mumkin bo‘lgan jamoalar bor. Oxirgi JChda Yaponiya 1/8 finalga chiqdi».
Shuningdek, Usmonov «Arsenal»ni sotishga ilojsizlik majbur qilganini ham aytgan.
«Bir u, bir bu aksionerdan himoya qilinadigan kam miqdordagi aksiyalarga ega guruh aksiyalarni Kronkega sotdi. Biz uzoq muzokara olib bordik, undan aksiyalar paketini (67 foiz) sotib olmoqchi bo‘ldik. Keyin uning aksiyalarni sotish niyati yo‘qligini tushundik. Shundan so‘ng biz sotishga qaror qildik. Ishning u yerdagi yuritilishida, bunday rahbariyat bilan qolishdan ma’no yo‘q edi. U menga men unga taklif qilgan narxni taklif qildi. Tadbirkorlik etikasi bo‘yicha unga javob bermaslik noto‘g‘ri bo‘lardi. Men ham sotib yubora qoldim» degan Usmonov.
«Arsenal»ga kiritgan investitsiyalaringiz ortidan yaxshigina foyda oldingiz. Shu kabi «futbol o‘yinlari»ni istiqbolli deyish mumkinmi? Hozircha futboldan pul ishlaganlar juda kam. Abramovich «Chelsi»ga 2 milliarddan ortiq tikdi. U hozircha minusda, shunday emasmi?» degan savolga milliader:«Yo‘q, klub hozir ancha qimmatlashdi - 2,5 mlrd £dan 3 mlrdgacha. U 1-1,5 mlrd £ orasida pul tikkan. U endi yaxshi pul topishi mumkin edi. Ammo mendek, uch barobar emas. Men «Arsenal»ga bor yo‘g‘i 150 mln £ tikkandim» deya javob qaytargan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga snaryadlar yetkazib bermoqda
Dunyodagi sayohat qilish uchun eng arzon va eng qimmat davlatlar
Harvard talabalari smart ko‘zoynak yordamida begonalarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi
Eron oliy rahbari Yaqin Sharqni Isroilga qarshi isyon ko‘tarishga chaqirdi
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
Karvaxalni “sindirgan” raqibi unga murojaat qildi...
Ramzan Qodirov urush ehtiyojlari uchun Rossiyaga 100 ta “Jihod mashinasi”ni berdi
Makron Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi