23:30 / 22.12.2018
2 964

Endi Fransiyada «Pogba – Mourino» ssenariysi boshlandi!

Endi Fransiyada «Pogba – Mourino» ssenariysi boshlandi!
Premer Liga muxlislari so‘nggi yilni Pogba – Mourino qarama-qarshiligi kuzatish bilan o‘tkazishdi. «Manchester Yunayted»ning ichki ziddiyatlari portugaliyalik mutaxassisning iste’foga chiqarilishi bilan yakun topdi. Biroq endi Fransiya chempionati muxlislari ham zerikib qolishmaydi. «Nitssa» bosh murabbiyi, 1998-yilgi Jahon chempioni Patrik Viyeyra va shogirdi Mario Balotelli o‘rtasida boshlangan ziddiyat Premer Liganing analogi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Quyida 1 Ligada boshlangan futbolchi – murabbiy ziddiyatlariga nazar solamiz.

«Manchester Yunayted»dan iste’foga chiqarilgan Joze Mourino yuqori profilli futbolchiga qarshi ziddiyatga borib yakunda klubni tark etgan yagona murabbiy emas.

Pol Pogba «Old Trafford»dagi nizolarda g‘olib chiqqan bir vaqtda, undan 1500 km janubda «Arsenal»ning sobiq vakili Patrik Viyeyra Mario Balotelli bilan «sen-men»ga bormoqda.

Joriy mavsumda italiyalik hujumchining ishlari umuman yurishmayapti. Yozda kelgan bosh murabbiy bilan esa oradagi munosabatlari tobora taranglashib bormoqda.

Hujumchi bilan «Manchester Siti» va «Inter»da jamoadosh bo‘lgan Viyeyra 28 yoshli futbolchining mahoratidan to‘liq foydalana olmayapti. Lyusen Favr qo‘li ostida ichki chempionatda «super Mario» ikki mavsumda mos ravishda 15 va 18 ta gol urgan edi.

Ammo italiyalik futbolchi oxirgi marta «Skuadra Adzurra» tarkibida may oyida (!) Saudiya Arabistoni darvozasiga gol urgan edi. Bunday «quruq seriya» esa Viyeyraning sabr-kosasini to‘ldirdi.

U o‘tgan haftada «Sent-Etenn»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Shuningdek, Fransiya Kubogi doirasida «Gengam»ga qarshi o‘yinda «Nitssa» penaltilar seriyasida raqibiga mag‘lub bo‘ldi, hujumchi maydonni yana golsiz tark etdi. Shanba kungi «Strasburg»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga esa kiritilmadi.

1998-yilgi jahon chempioni Balotellini yangi jamoasida muhim futbolchiga aylantirgandi. Biroq futbolchi uning ishonchini qozonishda sustkashlikka yo‘l qo‘ydi.

O‘tgan yili Balotelli u kabi futbolchilardan qanday samarali foydalanish sirini oshkor qildi. «Maqtovlarimni chegaralashga harakat qilaman. Barcha jim bo‘lganida muammo borligini juda yaxshi bilaman. Kimdir menga tosh otsa jahlim chiqadi va ko‘proq ishni bajaraman. Xatolaringdan dars chiqarish juda muhim.»

Murabbiy esa unga munosib javob qaytardi. «Sen jamoadoshlaringga yordam berishing kerak. Buni bajarish uchun namuna bo‘lishing lozim. Boshqalarga sendan yaxshiroq narsalarni o‘rganishi uchun o‘rnak bo‘lishing shart.»

Balotelli esa albatta murabbiy kutganidek o‘rnak bo‘la olmadi.

Fakt shuki, murabbiy tomon haqli. Xabarlarga ko‘ra, italiyalik futbolchi noyabr oyidagi o‘rtoqlik o‘yinida ham, «Nim»ga qarshi o‘yinda ham taktik ishlanmalarga e’tibor bermagan. «Gengam»ga qarshi o‘yinda jamoaning o‘zaro suhbati paytida hojatxonaga chiqish bilan klubdoshlarining jahlini chiqargan.

Xuddi Manchester shahrida bo‘lganidek ssenariy, Pogba va Mourino bir-birini ommaviy chiqishlarida ayblagandi.

Viyeyra futbolchining o‘yinini «o‘rtacha» deya baholagan. Balotelli esa murabbiyga qo‘pol javob qaytargan.

«Gap Mario haqida ketganda, keyinroq javob berishim, yoki indamasligim, yoki yoqasidan olishim kerak. Ammo bunday qilolmayman. Ortiq futbolchi emasman» – degan Viyeyra L’Equipe nashriga bergan intervyusida.

«Aytishdan oldin buni ikki marta o‘ylayman. Chunki bu aks ta’sir qilishi mumkin va men buyuk futbolchi maqomini yo‘qotib qo‘yishim mumkin. Biror narsa deyishni istamayman, bundan afsuslanib yurishim mumkin.»

Klub Lyusen Favr qo‘li ostida ajoyib mavsum o‘tkazgandi. Biroq u yozda fransuz klubini tark etdi va dortmundliklarni qabul qilib oldi va hozirda Bundesliganing peshqadami bo‘lib turibdi. Ammo u italiyalik hujumchidan maksimal foyda olishning uddasidan chiqa olgan. Oyiga 500 ming yevro ishlab topadigan hujumchi klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.

Bu mavsumda hali birorta ham gol ura olmagan Balotelli unga to‘lanayotgan pullarni oqlaydigan o‘yin namoyish qila olganicha yo‘q. Shu sababli uning kelasi yil yozida jamoani tark etishi ehtimoli yuqori. So‘nggi voqealar shuni ko‘rsatmoqdaki, klub rahbariyati unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishsa kerak.

«Rasman uning biz bilan shartnomasi bor. Ammo har narsa bo‘lishi mumkin» – dedi Patrik Viyeyra.

Pogba Mourinoga qarshi «kurashi»da g‘olib chiqqan bo‘lsada, Fransiyadagi o‘xshash vaziyatda hech kim yutmaydi. «Nitssa», Viyeyra va Balotellilarning hammasi ozmi-ko‘pmi ayni vaqtda sodir bo‘layotgan ishlardan jabr ko‘rishadi.
Erkinjon G‘aybullayev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi Fransiyada «Pogba – Mourino» ssenariysi boshlandi!
ePN