
Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Unga joriy mavsum Turkiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Istanbul Bashakshexir" klubi jiddiy qiziqish bildira boshladi.
“Mesut O‘zil – bebaho o‘yinchi. Umid qilamanki bir kun kelib albatta u bilan yo‘llarimiz tutashadi. Agar u ham safimizga o‘tishni xohlasa, biz uni sotib olish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”, - deydi "Istanbul Bashakshexir" klubi prezidenti Gyoksel Gyumyushdag.
Ma’lumotlarga qaraganda turk klubi qishki transferlar davrida 30 yoshli germaniyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishga urinib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, "Istanbul Bashakshexir" klubida ayni damda "Arsenal"ning sobiq futbolchilari Gael Klishi hamda Emmanuel Adebayorlar to‘p surishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar