
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Fil Nevill "qizil iblislar" xavbeki Pol Pogbaning o‘yinlari haqida gapirdi.
"Balki Pogba Yevropadagi eng yaxshi yarim himoyachidir. Biroq so‘nggi 18 oy davomida Mourino bilan janjallari tufayli u o‘zidan yomon taassurot qoldirayotgandi.
Hozirda unga katta imkoniyat va erkinlik berilmoqda. Pogba yaxshi jismoniy holatda bo‘lsa, u jamoaning yetakchisiga aylanadi. U bunday o‘yinlari bilan bir mavsumda 12-15 gol ura olishi kerak.
Agarda Mourino qolganida MYu dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan birini yo‘qotgan bo‘lardi deb o‘ylayman. Pogba so‘nggi o‘yinlarda zaxirada qolib ketayotgandi", - dedi Nevill. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar