
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premer-ligasi 20-turi doirasida "Vuvlerxempton"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz ikkinchi 45 daqiqalikda to‘pni yaxshi nazorat qila olmadik. Biz taktika borasida xato qildik va yuqoridan uzatmalar amalga oshirib, kuchimizni ko‘p sarf etib qo‘ydik.
Raqib muvozanatni tiklaganda o‘zimizga kelishimiz qiyin bo‘ldi. Bu futbol. Biz ajoyib yurishni amalga oshirdik, biroq biz ham mashina emas, insonlarmiz", - dedi argentinalik mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar