09:10 / 30.12.2018
2 957

Yurgen Klopp: "Saloh Firminoga penalti tepish imkoniyatini bergan pallada deyarli yig‘lab yubordim"

Yurgen Klopp: "Saloh Firminoga penalti tepish imkoniyatini bergan pallada deyarli yig‘lab yubordim"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Arsenal"ga qarshi bahs (5:1) haqida xulosa qildi.
"Uchrashuv so‘zsiz ahmoqona o‘tdi. Juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va aynan xohlaganimizdek rejani bajardik. Bosim qilish orqali raqibga hujum boshlash uchun imkoniyat bermaslikni xohladik. "Arsenal" ham bosim qildi va shuning uchun ham o‘yin shiddatli kechdi. Faqatgina to‘pni olib qo‘yish orqali xotirjam bo‘lish mumkin.

"Arsenal"ning goliga reaksiyamiz jahon darajasida bo‘ldi. Xotirjamlikni saqlab qoldik va raqibni xato qilishga majbur qildik. Birin-ketin gollar urishga erishdik. Keyin yaxshi himoyalana oldik deb o‘ylayman.
Ikkinchi bo‘limning boshida uchrashuv hali tugamaganligini tushunib turgan edik. Shuning uchun, o‘yinni nazorat qilishni xohladik. Saloh Firminoga penalti tepish imkoniyatini bergan pallada deyarli yig‘lab yubordim. Muhammad Saloh gol urishni sevishini bilardik. Bu haqiqatan ham chiroyli chiqdi. "Arsenal"ga qarshi to‘qnashuvlarda har doim ham 5:1 hisobi qayd etilavermaydi. Shogirdlarimdan rostdan ham mamnunman.

2018 yil yomon o‘tmadi. Bolalar oldinga katta qadam tashlashdi. Jarayon ijobiy kechayotganligini namoyish etish juda muhim. Ortda qolayotgan yildan shikoyat qilishga haqqim yo‘q", — deya Klopp so‘zlarini keltirdi BBC nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: "Saloh Firminoga penalti tepish imkoniyatini bergan pallada deyarli yig‘lab yubordim"