20:17 / 30.12.2018
3 717

Gvardiola: «Manchester Siti «Liverpul» bilan raqobatlasha olmaydi»

Gvardiola: «Manchester Siti «Liverpul» bilan raqobatlasha olmaydi»
«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola jamoasining so‘nggi ikki o‘yindagi mag‘lubiyatidan so‘ng vaziyat og‘irlashganini, ammo hali chempionlik kurashi davom etishini aytdi.

«Hozircha «Man Siti»da hamma ishlar joyida. Biz birinchi davrada 44 ochko to‘pladik. Ikkinchi davrada ham shunday natijaga erishsak, jami 88 ochko bo‘ladi. 88 ochko – chempionlik degani. So‘nggi 20 yillikda APL chempioni bo‘lgan klublar bundan-da kamrok ochko to‘plashgan. «Liverpul» haqida nima deya olaman? Qiyosan olib qarasak, biz bu jamoa bilan raqobatlasha olmaymiz. Futbolda hech nimani oldindan aytib bo‘lmaydi. Ikki, uch, to‘rt yoki beshta o‘yinda ketma-ket mag‘lub bo‘lish mumkin. Bunaqasiyam bo‘lib turadi. Deylik, biz ertaga yutqazib, Angliya Kubogida «Liverpul»dan yengilishimiz ham mumkin. Tajribamdan kelib chiqib aytsam, raqibdan ortda qolmaslik uchun o‘z ishimizga cidqidildan yondashishimiz kerak. Shunda g‘alabalar ham kelaveradi», – dedi Gvardiola Liverpool Echo portaliga.

Manba: www.interfutbol.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: «Manchester Siti «Liverpul» bilan raqobatlasha olmaydi»