
Angliya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» – «Chelsi» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Selxerst Park»da kechgan bahsda mehmonlar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 51-daqiqasida Ngolo Kante mehmonlarni oldinga olib chiqdi va bu gol o‘yin taqdirini hal qilib berdi.
Shu tariqa, ko‘klar ochkolarini 43taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi pog‘onada borishmoqda va 5-o‘rindagi «Arsenal»dan besh ochkoga ilgarilab ketishdi. «Kristal Pelas» esa (19) 14-o‘rinda qoldi.
APL, 20-tur
Kristal Pelas – Chelsi 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 51 Kante.
Kristal Pelas – Guaita, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Kuyate (Mayer, 78), Milivoyevich, Taunsend, Makartur, Zaa, Shlupp (Uikxem, 69).
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovachich, 88), Jorjino, Villian (Emerson, 82), Kante, Azar, Jiru (Morata, 76).
Ogohlantirish: Alonso (10).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar