Boks haqidagi nufuzli jurnal The Ring 2018 yildagi o‘z g‘oliblarini e’lon qildi.
O‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin bir yo‘la ikkita nominatsiyada e’tirof etildi. Uning meksikalik Saul Alvaresga qarshi revansh jangi yilning eng yaxshi jangi deb topildi. U shuningdek, “yil voqeasi” nominatsiyasida ham e’tirof etildi, ammo bu nominatsiya boks kechasini to‘xtatishga qaror qilgan HBO telekanaliga nasib etdi.
Jurnal tomonidan birinchi og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Eng yaxshi murabbiy deya Vasiliy Lomachenkoning otasi va ustozi — Anatoliy Lomachenko e’tirof etildi.
Naoyya Inue — Xuan Karlos Payyano o‘rtasida kechgan qarama-qarshilikdagi nokaut “yil nokauti” bo‘ldi.
2018 yilda super og‘ir vazn toifasida faoliyatini qayta tiklagan Tayson Fyuri “yil qaytishi” bo‘lgan bo‘lsa, uning Deontey Uaylderga qarshi jangdagi 12-raundi “yil raundi” deb topildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi