10:27 / 31.12.2018
3 309

​"Lokomotiv" yangi yil oldidan yana bir transferni amalga oshirdi

​"Lokomotiv" yangi yil oldidan yana bir transferni amalga oshirdi
O‘zbekistonning amaldagi chempioni o‘z tarkibini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.
Bunga qadar jamoa AGMKda to‘p tepgan legioner Yovan Jokich, o‘tgan mavsumni "Bunyodkor"da o‘tkazgan serbiyalik hujumchi Filip Rayevats hamda jamoaning sobiq futbolchisi Azizbek Haydarovni o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi.

"Lokomotiv"ning yangi mavsum hisobidan to‘rtinchi transferi elitani tark etgan "Neftchi" himoyachisi Avazbek O‘lmasaliyev bo‘ldi. Mazkur iqtidorli himoyachi o‘tgan mavsumda Superligada yorqin o‘yinlari bilan barchada iliq taassurot qoldirgandi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, O‘lmasaliyev va "Lokomotiv" kelishuvga erishgan.

Kecha "Lokomotiv" jamoasining chempionlik munosabati va yangi yilga atalgan bayram bazmi bo‘lib o‘tdi. Unda futbolchilarga oltin medallar topshirildi. Shuningdek, klub rahbariyati bugun, ya’ni 31 dekabr kuni jamoaning asosiy tarkib futbolchilariga chempionlik uchun "Jentra" avtomobillarini topshirishi kutilmokda.

Ayni paytda "Lokomotiv" jamoasining bir qator futbolchilari bilan shartnoma muddati tugagan. Hozircha jamoa Ignatiy Nesterov, Ma’mur Ikromov, Sadriddin Abdullayev kabi futbolchilari bilan yangi bitimga imzo chekkan. Qolgan yetakchilarga yangi shartnomalar taklif etilgan. Biroq ular bilan yangi kelishuv hali rasmiylashtirilmagan. Qayd etish kerakki, jamoaning qator futbolchilariga AGMK, "Navbahor" hamda "Paxtakor" jamoalaridan qiziqish va takliflar mavjud.


Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ​"Lokomotiv" yangi yil oldidan yana bir transferni amalga oshirdi