01:34 / 01.01.2019
3 411

Oʻrtoqlik oʻyinlari. Qatar Erondan yengildi

Oʻrtoqlik oʻyinlari. Qatar Erondan yengildi
Hozirgina Qatar hamda Eron terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqli oʻyini oʻz nihoyasiga yetdi.
Mazkur uchrashuvda forslar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 17-daqiqada Mehdi Taremi hisobni ochdi. Birinchi boʻlim soʻnggida Hassan Al-Haydos penaltini aniq amalga oshirib muvozanatni tikladi. Ikkinchi taym avvalida esa Serdar Azmun gʻalaba toʻpini kiritishga erishdi.

Maʼlumot uchun, Qatar Osiyo kubogi guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Livan va KXDR bilan kuch sinashadi. Karlush Keyrush boshqaruvidagi Eron esa Iroq, Vyetnam va Yamanni sinovdan oʻtkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻrtoqlik oʻyinlari. Qatar Erondan yengildi