13:03 / 02.01.2019
3 056

​Pochettino: "Turnir jadvaliga qarashni xohlamayman"

​Pochettino: "Turnir jadvaliga qarashni xohlamayman"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APL 21 turi doirasida o‘tkazilgan "Kardiff"ga qarshi bahsdan (3:0) so‘ng, o‘yin haqida fikr bildirdi.

"G‘alabadan juda xursandman. Uchrashuvlar orasida dam olish uchun bizda ko‘p vaqt bo‘lmaganligini ta’kidlash kerak. Lekin, futbolchilar qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatishdi. Biz bellashuv boshidan o‘yinni qo‘lga olish maqsadida fantastik energiya bilan harakat qildik. Hisobni ochish qiyin ekanligini bilardik. Shuning uchun, o‘yin avvalidan yuqori sur’atda harakat qilishni boshladik va dastlabki 20 daqiqada uchrashuv taqdirini hal qilishga erishdik.

"Tottenxem" ikkinchi o‘rinda? Hozir turnir jadvaliga qarashni xohlamayman. Albatta, biz yaxshi pog‘onada joylashganmiz. Ammo, mavsum davomida barqaror bo‘lishimiz kerak. "Manchester Siti" va "Liverpul" qanday o‘ynashini menga farqi yo‘q. Albatta o‘yinni tomosha qilaman. Ishonamanki, yuqori darajadagi o‘yin bo‘ladi va bundan zavq olaman" — dedi Pochettino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ​Pochettino: "Turnir jadvaliga qarashni xohlamayman"