19:09 / 02.01.2019
3 863

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi OKMK klubiga sanksiya kiritadi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi OKMK klubiga sanksiya kiritadi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2019 yilga litsenziya olgan klublar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Alisher Nikimbayev o‘z Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

Ro‘yxatdan ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondan 17ta klub litsenziya uchun ariza topshirgan bo‘lib, ulardan faqat to‘rttasiga («Lokomotiv», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Qizilqum») ruxsatnoma berilgan. Yana uchta klubga (OKMK, «Navbahor», «Nasaf») sanksiyalar bilan litsenziya berilgan, qolgan 10ta klub litsenziyalashdan o‘ta olmagan.

Nikimbayevning aniqlik kiritishicha, sanksiyalar bilan litsenziya olgan klublar barcha majburiy talablarga («A» kategoriya mezonlari) javob bergan, ammo majburiy bo‘lmagan mezonlarning ba’zilarini («V» kategoriya) bajarmagan. Bunday holatda klublarga litsenziya taqdim etiladi, ammo shu bilan birga sanksiya ham qo‘llanadi (masalan, jarima). Ya’ni OKMK, «Navbahor» va «Nasaf» klublari ma’lum sanksiyalar evaziga ruxsatnomani qo‘lga kiritishgan.

Ma’lumot uchun, OFK litsenziyalashidan o‘ta olmagan klublar klublar o‘rtasidagi qit’a musobaqalariga qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 yillar uchun O‘zbekistonga 1+2 shaklida kvota ajratilgan. 2019 yilda «Lokomotiv» Chempionlar ligasini guruh bosqichidan boshlaydi, «Paxtakor» va OKMK o‘tish o‘yinlarida qatnashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Futbol Konfederatsiyasi OKMK klubiga sanksiya kiritadi