
"Lochinlar" yangi mavsum oldidan legionerlar bilan tarkibni kuchaytirishmoqchi. Xabaringiz bor bundan biroz avvalroq “Navbahor” o‘tgan mavsumning birinchi yarmini “Nasaf” klubida o‘tkazgan serbiyalik himoyachi Slavko Lukich bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turgani haqida xabar bergan edik.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ayni damda Lukichning yana bir hamyurti - Ivan Rogach ham namanganliklar safida ko‘rikdan o‘tmoqda. Agar 26 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, “lochinlar” u bilan ham shartnoma imzolashadi.
Ma’lumot uchun, Rogachning so‘nggi jamoasi Serbiya birinchi ligasida ishtirok etuvchi “Injiya” klubi bo‘lgan. U o‘z vaqtida Serbiya U 19 va U 21 terma jamoalarida to‘p surgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar