
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Dubaydan Sharja shahriga kelib, «Hilton» mehmonxonasiga joylashishdi. Futbolchilarga tushlikdan keyin hordiq uchun vaqt berildi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.
Bugun kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da terma jamoamiz a’zolari Sharja shahridagi dastlabki mashg‘ulotni «Sharjah Club Al Hazana» o‘yingohida o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da «Sharja» stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinda Ummon terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing