O‘zbekiston MTJ yarim himoyachisi Otabek Shukurov o‘zi to‘p suradigan Sharja shahridagi ilk mashg‘ulotlardan keyin O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Osiyo Kubogiga tayyorgarlik a’lo darajada. Barchamiz Ummonga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorlanyapmiz. Birinchi o‘yinni yaxshi natija bilan boshlab olish muhim. Keyingi o‘yinlarda shunga qarab qadam tashlanadi. Barcha futbolchi va murabbiylar buni juda yaxshi his qilib turishibdi. Ummonga qarshi chiroyli o‘yin namoyish qilib, g‘alaba qozonishga va yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarini xursand qilishga tayyormiz!
Sharja shahri menga begona emas. Bir yildan oshiqroq vaqt davomida bu yerda to‘p surmoqdaman. Birinchi navbatda bu shaharning iqlimiga moslashib olganman. Shu sababli Sharjadagi o‘yin men uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Osiyo Kubogi juda nufuzli musobaqa. Mazkur musobaqada bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz", - deydi Otabek Shukurov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi