date
views 2 621

«Liverpul»ning g‘alaba formulasi

«Liverpul»ning g‘alaba formulasi
«Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay Premer Liga peshqadami bo‘lib qolayotgan «Liverpul» Yurgen Kloppning yulduzlari evaziga bunday natijalarga erishmoqda.

Muhammad Salohning gollari, Virgil Van Deykning himoyadagi o‘yini va qariyb gol o‘tkazmas darvozabon Alisson Beker «shaharliklar»ga qarshi o‘yindan oldin yetti ochkogacha o‘zib ketishlariga sababchi bo‘lgan.

«Qizillar»ning g‘alaba formulasida parda ortida qolib ketayotgan muhim jihatlar qaysi?

Jorjino Veynaldum
«Liverpul» yozda Nabi Keyta va Fabinoni sotib olganidan keyin yarim himoyada Jordan Xenderson, Jeyms Milner va Jorjino Veynaldumlarning o‘yin amaliyoti keskin qisqarib ketishi bashorat qilingandi.

Keyta va Fabino yaxshi start olmaganidan keyin Klopp o‘zining tajribadan o‘tgan futbolchilariga suyanishda davom etdi. Ammo o‘zgaruvchan xususiyatlar sabab har bir yarim himoyachi rotatsiya uchun zaruriyatga aylandi.

«Liverpul»ning yarim himoyachilari orasida eng ko‘p chempionat o‘yinlarida ishtirok etgan Veynaldum esa eng samarali futbolchilardan biriga aylandi. U 19 o‘yinda atigi bir gol urgan bo‘lsada, u buning uchun jamoada emas.

Uning «Arsenal»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yini foydali ekanligini yana bir marta isbotladi. Veynaldum 39 pasdan 34 tasini muvaffaqiyatli yakunlagan. Uch marta raqib hujumini buzgan, yetti marta raqibdan to‘pni olib qo‘ygan.

Gollandiyalik futbolchining o‘yini o‘ziga tortmasligi mumkin. Aslida Yurgen Klopp istayotgan narsa ham shu. Veynaldumning asosiy vazifasi samarali yarim himoyachi sifatida to‘pni himoyadan hujumga tezkorlik bilan yetkazib berishdir. Bu uning qadrini yanada oshiradi.

O‘yindan tashqari holat tuzog‘i
Virgil Van Deykning «Liverpul» himoyasiga qo‘shayotgan ta’siri uning yanvarda mersisaydliklarga kelib qo‘shilganidan beri muhokamalar markazida qolmoqda. «Qizillar» joriy mavsumning 20 uchrashuvida atigi 10 gol («Siti»ga qarshi o‘yingacha 8 gol) o‘tkazib yubordi. Bularning bari Van Deykning hissasi tufayli bo‘ldi.

Ammo «Liverpul»ning g‘alabalarida tilga olinmayotgan yana bir jihat bu raqibning hujumlarini o‘yindan tashqari holatda tuzoqqa tushirish bo‘lmoqda. Kloppni himoyasi tez-tez raqib hujumchilarini ofsaydda qoldirish uchun harakat qilmoqda. Himoyadagilarning barchasi birgalikda harakat qilishi raqib himoyachilariga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

«Emireyts»da 1-1 hisobida tugagan o‘yinda «to‘pchilar» vakillari yetti marta ofsaydda qolib ketishdi. Bu Premer Liganing bir o‘yinida ko‘rsatilgan yagona o‘yin hisoblanadi.

Butun himoya bu jihat ishlashi uchun javobgar. Bunda Van Deykning bosh-qosh bo‘lishi yuqori natijalarni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Salohning yaratuvchanligi
«Liverpul»ga «Roma»dan kelib qo‘shilganidan beri Saloh jahon futbolining ko‘zga ko‘ringan hujumchilaridan biriga aylandi. U o‘tgan mavsumdan boshlab Premer Liganing 56 bellashuvida 45 marta raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

Ammo yangi mavsumda u o‘z profilini yana bir jihat bilan to‘ldirishga erishdi. U gol urishda asosiy yaratuvchan futbolchiga aylandi. Misrlik futbolchining 13 goli «Oltin butsa»ning dastlabki da’vogarlari safiga kirishiga sababchi bo‘ldi. Ammo uning yaratuvchanligi borasidagi statistikasi ham ko‘zga tashlanmoqda.

Saloh 2018/19-yilgi mavsumda Premer Ligada 43 ta xavfli vaziyatlarni yaratib bergan. Bu sheriklaridan kamida 18 taga ko‘p degani. Robertson va Firminolarda bu 25 tani tashkil qiladi. U shuningdek yetti golli uzatmani amalga oshirdi. Bu esa boshqa jamoadoshlaridan kamida 4 taga ko‘p. Robertson, Firmino va Aleksander-Arnoldlarda bu ko‘rsatkich 3 taga teng.

Faqatgina Leroy Sane Muhammad Salohdan ko‘proq golli uzatmani amalga oshirgan. Bu raqamlar Salohni o‘tgan mavsumdagidan ham ancha kuchayganini isbotlaydi.

Yuqorida tilga olingan jabhalar bundan keyin ham ishlashda davom etsa Premer Liganing bu yilgi g‘olibi «Liverpul» bo‘lishi shubhasiz.
Erkinjon G‘aybullayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul»ning g‘alaba formulasi