Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Yegor Krimes Ummon terma jamoasiga qarshi boʻlgan oʻyindan (2:1) soʻng olgan qizil kartochkasi haqida fikr bildirdi.
- Oʻzbekiston terma jamoasi gol oʻtkazgan vaziyatda qanday kamchiliklar boʻldi?
- Arab jamoalariga boʻsh hudud va oʻynashga imkon bersangiz ularga qarshi harakat qilish juda qiyin boʻladi. Oʻtkazgan golimizning sababi shu boʻlsa kerak. Birinchi boʻlimda oʻyin teng kechdi, ikkinchi boʻlimda esa raqib oʻynashiga imkon berdik. Baxtimizga bugun gʻalabani qoʻlga kiritdik. Asosiysi shu.
- Bugun qizil kartochka oldingiz. Bir tomondan terma jamoaga yordam berdingiz, boshqa tomondan bu milliy jamoamizning keyingi oʻyinlarida muammoga aylanishi mumkin. Bu haqida nima deya olasiz?
- Bu muammo boʻladi deb oʻylamayman, chunki jamoada boshqa himoyachilar bor. Terma jamoada almashtirib boʻlmaslar yoʻq. Vaziyatni murabbiy bilan tahlil qilamiz. Hammasini jamoamiz uchun qildim, boshqa yoʻlim yoʻq edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi