15:06 / 11.01.2019
3 140

Mourino: «Real»ga qaytish men uchun sharaf bo‘lar edi»

Mourino: «Real»ga qaytish men uchun sharaf bo‘lar edi»
«Real» va «Inter»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino yana ushbu klublarda ishlashga qarshi emasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis 18 dekabr kuni «Manchester Yunayted» klubidan iste’foga chiqarilgan edi.

«Real» yoki «Inter»ga qaytish men uchun katta sharaf bo‘lar edi. Murabbiy yoki futbolchi jamoaga qaytsa, bu uning avval shu jamoalarda yaxshi ishlar qilganini anglatadi. «Chelsi»ga qaytganimda shularni his qilganman.

Professional mutaxassis sobiq jamoasiga qaytsa, bu uning uchun katta sharafdir. Agar yana chaqirsalar, demak seni qadrlashadi.

Hozir dam olish, xotirjamlikka berilish, tanaffus qilish, o‘zimni tanqid qilish va so‘nggi yillarda ro‘y bergan voqealarni tahlil qilish imkoniyatiga egaman. Hammasini obdon o‘ylab ko‘raman va faoliyatimning yangi bobiga tayyorgarlik ko‘raman», – deb Mourino so‘zlarini keltirmoqda Correio da Manha TV.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino: «Real»ga qaytish men uchun sharaf bo‘lar edi»