3 149
Avstraliyalik hujumchi: "O‘zbekiston yoki Yaponiya? Hozir bor e’tibor Suriyaga qaratilgan"
Falastinga qarshi bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogining 2-tur uchrashuvida gol urgan Avstraliya terma jamoasi hujumchisi Apostolos Yannu bahs (3:0) haqida fikr bildirdi.
- Falastinga qarshi bahsda g‘alabaga erishganimizdan xursandmiz. Raqibimiz himoyaga yotib oldi, gollarni urish oson bo‘lmadi. Ba’zilar hisob yirikligiga qarab, uchrashuv Avstraliya uchun oson o‘tdi deb o‘ylashlari mumkin. Biroq bunday emas, bu bahsda katta qiyinchiliklarga duch keldik.
Iordaniya bilan uchrashuvdan so‘ng murabbiyimiz Grem Arnold ba’zi futbolchilar bilan suhbatlashdi. Bugun esa natija ijobiy. Bunday murabbiy qo‘l ostida ishlayotganimdan xursandman.
- Uchinchi turda Suriyani mag‘lub etsangiz, katta ehtimol bilan keyingi bosqichdagi raqibingiz O‘zbekiston yoki Yaponiya bo‘lishi mumkin?
- Keyingi bosqichdagi raqib? Hozir bor e’tiborimiz guruh bosqichining so‘nggi uchrashuviga qaratilgan. Suriyani mag‘lub etish haqida bosh qotirishimiz kerak" - deydi Apostolos Yannu.
Avstraliya terma jamoasi so‘nggi turda Suriyani mag‘lub etsa, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallaydi va pley-off bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan kvartetda ikkinchi bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi