Xabar berganimizdek, joriy yilning 16 fevral kuni Toshkentda professional boks kechasi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston professional boks federatsiyasidan bizga xabar berishlaricha, ushbu oqshom doirasida prof boksdagi faoliyatini mag‘lubiyatsiz davom ettirayotgan charm qo‘lqop ustasi Fazliddin G‘oibnazarov ham ringga ko‘tarilishi mumkin ekan.
Biz mazkur xabar yuzasidan ayni paytda AQShda navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Fazliddin bilan bog‘landik va shunday javob oldik:
- Ha, bu haqda menga ham aytishdi. Lekin, buning uchun ular mening promouter va menejerlarim bilan bog‘lanib, kelishib olishlari kerak. Men Toshkentda jang o‘tkazishga bajonidil tayyorman, - dedi G‘oibnazarov.
Eslatib o‘tamiz, Fazliddin 18 yanvar kuni AQShda Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi