
Moskvaning "Spartak" klubi bosh murabbiyi Oleg Kononov kecha Dubaydagi “Rashid” stadionida kechgan Osiyo kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston hamda O‘zbekiston (4:0) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi. Bu haqda rus nashrlari xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda rossiyalik mutaxassis ushbu bahsga o‘zbekistonlik futbolchilarni kuzatish maqsadida kelgan. Musobaqa yakunlangach katta ehtimol bilan hamyurtlarimizdan biri Rossiya grandi safiga o‘tadi. Biroq, ushbu futbolchi kimligi haqida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar