
«Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini Yevropada davom ettiradi.
«Temiryo‘lchilar» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi Portugaliyaning «Nasonal» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida, Sardor Rashidov faoliyatida «Bunyodkor», Qatarning «Al-Jayish», BAAning «Al-Jazira» klublarida ham o‘ynagan. O‘zbekiston terma jamoasi safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.
Madeyra orolining «Nasonal» klubi Portugaliya chempionatining 17 turidan so‘ng, 19 ochko bilan 18 ta jamoa ichida 12-o‘rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar