23:16 / 17.01.2019
4 002

Eldor Shomurodov: "Pley-offda xato qilishga haqqimiz yo‘q"

Eldor Shomurodov: "Pley-offda xato qilishga haqqimiz yo‘q"
Osiyo Kubogi 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya - O‘zbekiston (2:1) uchrashuvidan so‘ng Eldor Shomurodov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Yaponiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushgandik. Ammo bu futbol. Menimcha yomon o‘ynamadik deb o‘ylayman. Endi bor e’tiborni Avstraliya bilan o‘yinga qaratamiz. Ertadan ushbu bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz.

G‘alaba qozonish uchun nima yetishmadi? Menimcha ko‘p vaziyat yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik.
Gol urgan vaziyat haqida nima deyishim mumkin, oddiy vaziyat edi. Shunchaki darvozaga yaqinlashib zarba berdim va gol urdim.

Menga BAA klublaridan taklif bo‘lsa? Hozircha bor e’tiborim Osiyo Kubogiga qaratilgan. Bundan tashqari "Rostov" bilan 2 yillik shartnomam bor. Xullas bu haqda umuman o‘ylamadim.

Navbatdagi bahsni Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri Avstraliyaga qarshi o‘tkazamiz. Pley-off bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi, shu bois endi xato qilishga haqqimiz yo‘q", - deydi Eldor Shomurodov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: "Pley-offda xato qilishga haqqimiz yo‘q"