O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildib o‘tdi.
"Yaponiyaga qarshi terma jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Ammo mag‘lubiyatga uchrash hamisha yoqimsiz. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Terma jamoada ichki muhit a’lo darajada, barcha keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oldinga qarab intilish kerakligini barcha yaxshi tushunib turibdi. 21 yanvar kuni bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi, bu uchrashuvda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz, boshqa yo‘l yo‘q.
Osiyo Kubogining amaldagi sohibini taslim etish oson emas, albatta. Avstraliya kuchli terma jamoa. Ammo katta ishtiyoq evaziga Avstraliya to‘sig‘idan o‘ta olamiz, deb o‘ylayman. Ortimizda butun O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlab turganini his qilmoqdamiz. Bu bizga juda katta kuch bermoqda. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q!", - dedi Odil Ahmedov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin