23:29 / 22.01.2019
3 884

Qatar termasi Iroqni yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Qatar termasi Iroqni yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining nimchorak finalidan o‘rin olgan Qatar va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Uchrashuv iroqliklarning ustunligida boshlandi. Tanaffusgacha ikki tomonda ham bir nechta imkoniyatlar yuzaga keldi.

Ikkinchi bo‘limni ham Iroq vakillari hujumlar bilan boshlashdi, biroq birinchi bo‘lib gol urish qatarliklarga nasib etdi. Bassam Al-Roviy 62-daqiqada jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shundan so‘ng nominal mehmonlar raqib darvozasi oldida bosimni kuchaytirishdi, ammo o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, Qatar so‘nggi chorak finalchiga aylandi va keyingi bosqichda Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.

Osiyo Kubogi
1/8 finali

Qatar – Iroq 1:0 (0:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 62 Al-Roviy.

Qatar – Al-Shiib, Pedro Korrea, Al-Roviy, Hassan, Salmon, Xovxi, Hatim, Mabido, Almoaz Ali, Al-Haydos (Budiaf, 90), Akrom Afif.
Iroq – Jalol Hassan, Ali Mavi, Hadim, Atiyah (Sulaka, 71), Ibrohim, Hadi, Qadim, Bashar Bonyan, Tariq (Husniy, 36; Dovud, 66), Al-Saidiy, Mohanad Ali.
Ogohlantirishlar: Madibo (11), Ali (24), Ibrohim (39), Qadim (73), Hassan(84), Hadi (86), Al-Roviy (90+2).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar termasi Iroqni yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi