07:21 / 24.01.2019
3 745

Chempion qaytmoqda: Uchinchi oltin medal uchun

Chempion qaytmoqda: Uchinchi oltin medal uchun
Foto: «Euronews»
Fransiyalik ikki karra olimpiya chempioni, dzyudochi Teddi Riner (+100 kg.) tatamiga qaytishga qaror qildi. Aftidan raqiblari Rinerning katta sport bilan xayrlashganidan erta suyunishgan ko‘rinadi.

«Dzyudoda uch karra olimpiya chempionlari sanoqli. Rekordchi bitta — 60 kilogrammlik yapon Nomura. Agarda men Tokioda ham g‘alaba qozona olsam, uchta oltinni qo‘shib hisoblaganda to‘rtta olimpiya medali bor birinchi dzyudochiga aylanaman. Maqsadim shu. Hatto bu mening butun faoliyatimni so‘roq ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan chorlovdir», — dedi Riner.

Riner 2019 yilning sentyabrida Tokiodagi jahon chempionatida jamoaviy bellashuvlarda bel olishadi. Yakkalik bahslari haqida keyinroq o‘ylab ko‘rmoqchi.

Buyog‘i endi uning jismoniy hozirligiga ham bog‘liq. Chunki 29 yoshli sportchi 14 yilni tatamida o‘tkazgan, endi uning tani zo‘riqishlarga qanchalik dosh bera oladi? Qolaversa, bir yillik tanaffusda to‘plagan ortiqcha vaznidan qutulishiga ham to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempion qaytmoqda: Uchinchi oltin medal uchun