Bu rasmiy ma’lumot emas. Ammo, tez orada bu haqda rasmiy xabar chiqishi mumkin.
O‘tgan mavsum Pro-ligani 4-o‘rinda yakunlagan “Surxon” jamoa boshqaruviga “Navbahor”ni gullatgan Ilhom Mo‘minjonovni olib keldi. So‘ngra, o‘z safiga tajribali va mahoratli, shu bilan birga ancha nomdor futbolchilarni jalb eta boshladi.
Bu paytga kelib futbol ommasi orasida termizliklarning Superligada ishtirok etishi haqidagi mish-mishlar keng quloch yoza boshladi. Har holda xalqimizda “Shamol bo‘lmasa, daraxtni uchi qimirlamaydi” degan gap bor.
O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev ham ushbu vaziyatga nisbatan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“AGMK klubi Oliy ligada qanday paydo bo‘lib qolganini eslaysiz-a? Adashmasam o‘shanda 1-ligani 8-o‘rinda tugatgandi. Keyin birdan yuqorining qarori bilan boy klubga aylanib qoldi va Oliy ligaga qo‘shilib oldi.
Bu kabi misollar bizda hamma davrda bo‘lgan va hali bo‘ladi ham. Chunki, futbolga pulni kim berayotgan bo‘lsa, uning aytgani bo‘ladi. Sport prinsiplari esa qachonki klublar o‘zi pul topishni boshlaganidan keyin ishga tushsa kerak”, - deb yozadi Diyor Imomxo‘jayev o‘z telegram kanalida.
PFL bosh direktori o‘rinbosarining ushbu so‘zlaridan shuni tushinish mumkinki, "Surxon" yangi mavsumni Superligada o‘tkazadi. Lekin, shu o‘rinda tabiiy bir savol tug‘iladi: termizliklar kimning o‘rniga elitaga chiqishadi?
Bunday savolni berishimizga sabab PFL bu yil ham Superligada jamoalar sonini 12tadan oshirmasligi haqida ma’lum qilgan. Xo‘sh, PFLning bu safargi "qurboni" qaysi jamoa bo‘ladi? Yoki jamoalar soni oshiriladimi?
Javobini bilishimiz kerak bo‘lgan savollar talaygina. Ammo, kutishga majburmiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?