Xabar berganimizdek, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi bokschimiz Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini 15 fevral kuni o‘tkazadi.
Shohjahon shu kuni AQShning Kanzas shtati Malveyn shahridagi Kansas Star Arena majmuasida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tariladi. Foks 19ta jangning barchasida g‘alaba qozongan. 23 yoshli Foks 5ta jangida raqiblarini nokautga uchratgan.
“15 fevral kungi jangimda ham muddatidan avval g‘alaba qozonishni istayman. Bu g‘alaba men uchun juda ham muhim. Boisi, keyingi jangim juda katta ehtimol bilan chempionlik kamari uchun kechadi. Menga Relixning kamari kerak”, - dedi Shohjahon.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev ayni paytda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Hozirda belaruslik Kiril Relix ushbu yo‘nalish chempioni hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi