
22-27 yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi «Fyuchers» turniri bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Sanjar Fayziyev finalgacha yetib bordi va bosh sovrin egasiga aylandi. U turnir davomida Aleksandr Igoshin (Rossiya), Sergey Fomin (O‘zbekiston), Aleksander Vasilenko (Rossiya) kabi tennischilardan ustun kelib, finalgacha yetib bordi. Kecha hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda boshqa bir mezbon tennischi Teymuraz Gabashviliga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 12 daqiqa davom etgan uchrashuvda Fayziyev raqibini 6:3, 7:5 hisoblarida mag‘lub etdi va turnir g‘olibiga aylandi.
Musobaqada ishtirok etgan boshqa bir tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sergey Fomin o‘z ishtiroklarini ikkinchi davrada yakunladilar. Turnirning juftlik bahslarida rossiyalik Aleksander Vasilenko bilan birga ishtirok etgan Humoyun Sultonov finalgacha yetib bordi va vitse-chempion unvoniga sazovor bo‘ldi.
Manba: olympic.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar