Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jangdan keyin uning ishtirokida chiqqan toʻpolon uchun 9 oyga musobaqalardan chetlatildi. Bunday qarorni ushbu ishni koʻrib chiqqan Nevada shtati atletik komissiyasi qabul qilgan.
Nurmagomedov, shuningdek, 500 ming dollar miqdorida jarima toʻlashiga toʻgʻri keladi.
Komissiya Makgregorga nisbatan ham chora koʻrgan, u yarim yilga chetlatilgan va 50 ming dollarlik jarimaga tortilgan. Ikkala sportchi uchun ham diskvalifikatsiya muddati 2018 yil 10 oktyabrdan boshlab hisoblanadi.
Nurmagomedovning diskvalifikatsiya muddati agar u bezorilikka qarshi yoʻnaltirilgan ijtimoiy dasturda ishtirok etsa, 3 oyga qisqartirilishi mumkin. Shu tariqa Xabib joriy yil aprelida yana oktagonga qaytishi mumkin boʻladi.
Xabib chetlatilishiga ijtimoiy tarmoqlarda izoh bergan. Jumladan, u instagramda “Barchasi yakunlangandan keyin meni uygʻoting”, deb yozgan.
Nurmagomedov shuningdek tvitterda qisqagina “Siyosat abadiy” degan yozuv qoldirgan. Koʻrinishicha, sportchi shu tariqa u va Makgregorga qoʻllangan jarima sanksiyalaridagi katta tavofut borligiga shaʼma qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"