07:33 / 01.02.2019
3 370

Feliks Sanches: "Qatarni tarixdagi eng mas’uliyatli o‘yin kutib turibdi"

Feliks Sanches: "Qatarni tarixdagi eng mas’uliyatli o‘yin kutib turibdi"
Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches Osiyo kubogi finalidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ertangi o‘yin Qatar futboli tarixidagi eng muhimi bo‘ladi. Futbolchilarim o‘yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Agarda biz g‘olib bo‘lsak, bu Qatar futbolidagi eng katta natija bo‘ladi.
Umid qilamanki, yana bir muvaffaqiyatli o‘yin bo‘ladi. Bizda jamoaviy ruh bor va barcha birgalikda harakat qilmoqda.

Bizning turnirdagi asosiy maqsadimiz - kuchli raqobat ko‘rsatib, o‘zimizni nimalarga qodirligimizni ko‘rsatishdan iborat edi. Ortda qolgan 6 o‘yinning barchasi 6 xil tarixga ega. Guruh bosqichida bosim yuqori edi va pley-offda bu narsa yanada ortdi.

Yaponiya ko‘p karra Osiyo chempioni bo‘lgan kuchli jamoadir. Biz ularning kuchli va kuchsiz jihatlarini bilamiz. G‘alabaga erishishimiz uchun ertaga butun uchrashuv davomida diqqatni yo‘qotmasligimiz kerak"
, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Feliks Sanches: "Qatarni tarixdagi eng mas’uliyatli o‘yin kutib turibdi"