"Paxtakor" bosh murabbiyi jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqich o‘yiniga tayyorgarligi va yig‘inlar xususida fikrlarini bildirdi.
- Yig‘inlarda qiyinchilikka duch keldik. Chunki yig‘in boshida deyarli yarim jamoa yo‘q edi. To‘liq jamoa yig‘ilganda o‘zimizga kelishni boshladik. Hali yana ko‘p jihatlar ustida ishlashimiz talab etiladi.
Yangi futbolchilar jamoaga tezroq kirishib ketishlariga umid qilaman. Hozir bu jarayon davom etmoqda. Yigitlar mashg‘ulotlarda quvnoq va shu bilan birga professional tarzda ishlashmoqda.
Uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshi o‘tkazdik. Raqibimiz jiddiy jamoa, ular OFK Kubogining oxirgi uch mavsumida g‘olib chiqishgan. Bu shunchaki bo‘lmaydi, albatta. "Eyr Fors" jismonan yaxshi shakllangan. Standart vaziyatlarda yaxshi o‘ynashadi. Tarkibida o‘yinni o‘zgartira olishga qodir futbolchilar mavjud. Bizni juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Iroqda mavsum qizigan pallaga kirgan. Bu bizning foydamizga emas, ammo g‘alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimizni beramiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi