21:39 / 16.02.2019
3 290

«Atletiko» va «Barselona» bugun, «Real» va «Sevilya» esa ertaga o‘yin o‘tkazadi

«Atletiko» va «Barselona» bugun, «Real» va «Sevilya» esa ertaga o‘yin o‘tkazadi
16 fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
So‘nggi turda «Real Madrid»ga mag‘lub bo‘lib (1:3) jadvalda 1 pog‘ona pastlagan Diyego Simeone boshliq «Atletiko Madrid» klubi safarda «Rayo Valekano» jamoasi bilan bahsga kirishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.

Shu kuni Leo Messi yetakchiligidagi Kataloniyaning «Barselona» klubi «Kamp Nou» stadionida «Valyadolid»ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuvga tungi vaqt bilan soat 00:45 da start beriladi.
17 fevral, yakshanba kunining dastlabki uchrashuvi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda 45 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning «Real» klubi «Jirona» bilan kurash olib boradi. Bahs 16:00 da boshlanishi belgilangan.

Musobaqa jadvalida kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgan Pablo Machin boshqaruvidagi «Sevilya» jamoasi «Vilyarreal» mehmoni bo‘ladi. To‘qnashuv 22:30 da boshlanadi.
23-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga
24-tur bahslari

15 fevral, juma
«Eybar»—«Xetafe» 2:2
Gollar:
0:1 — 37 Mata, 0:2 — 52 Fulke, 1:2 — 67 Sharles 2:2 — 80 Sharles.

16 fevral, shanba
«Selta»—«Levante» 1:4
Gollar:
0:1 - 20' Morales, 0:2 - Koke 40', 0:3 - Morales 62', 1:3 - Mendes 88', 1:4 - Mayoral 89'.
«Rayo Valekano»—«Atletiko Madrid» 20:15
«Real Sosedad»—«Leganes» 22:30
«Barselona»—«Valyadolid» 00:45
17 fevral, yakshanba
«Real Madrid»—«Jirona» 16:00
«Valensiya»—«Espanol» 20:15
«Vilyarreal»—«Sevilya» 22:30
«Betis»—«Alaves» 00:45
18 fevral, dushanba
«Ueska»—«Atletik Bilbao» 01:00

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » «Atletiko» va «Barselona» bugun, «Real» va «Sevilya» esa ertaga o‘yin o‘tkazadi
[/banner_pushhouse