Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16-0, 14 KO) navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi. Bu haqda «GoSport.uz» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ergashev o‘zining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Bellashuv Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahrida joylashgan «Boardwalk Hall» arenasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Hozircha Ergashevning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Sportchi tez orada bu borada ham ma’lumot berishini ma’lum qilgan. Jang 10 raundga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi marta 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!