Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16-0, 14 KO) navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi. Bu haqda «GoSport.uz» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ergashev o‘zining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Bellashuv Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahrida joylashgan «Boardwalk Hall» arenasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Hozircha Ergashevning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Sportchi tez orada bu borada ham ma’lumot berishini ma’lum qilgan. Jang 10 raundga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi marta 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi